“Tambov” rahbariyati vakili Jaloliddinov haqidagi xabarni tasdiqladi

Eldor Akmurzayev
13 okt 2020, 20:25
Biroz oldin, “Lokomotiv” yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovni “Tambov”ga ijaraga bermoqchiligi ma'lum qilingandi.

Tambovliklar sport direktori bunga quyidagicha izoh berdi:

- Jaloliddinovni sotib olish huquqisiz mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqdamiz. “Lokomotiv” uning ish haqini to'liq to'lab borishlariga rozilik bildirdim”, deydi Pavel Xudyakov.

Avvalroq, Jaloliddinov sobiq jamoasi “Bunyodkor”ga qaytib, yanvar boshida “temiryo'lchilar” yig'iniga borib qo'shilishi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

“Lokomotiv” Jaloliddinov borasida bir qarorga keldi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com