Tajribali o'yinchi mavsum so'ngida "Chelsi"dan ketadi

Alisher
11 fev 2024, 17:45
Londonning "Chelsi" jamoasi markaziy himoyachisi Tyago Silva mavsum so'nggida jamoadan ketadi.

Jurnalist Jeykob Shtaynbergning xabariga ko'ra, rahbariyat 39 yoshli himoyachiga yangi shartnoma taklif qilmaydi.

"Chelsi" braziliyalik futbolchiga hurmatsizlik qilishni xohlamaydi. "Aristokratlar" mavsum so'nggida Silvaning muxlislar bilan munosib xayrlashishi uchun barchasini qiladi.

Eslatib o'tamiz, Tyago "Stemford Brij"ga 2020 yilning yozida PSJdan erkin agent maqomida o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JacobSteinberg