Tabares: "Suares "Barselona" haqida noyabrdayoq aytgandi"
Narzulla Saydullayev
7 iyul 2014, 20:13
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares Sport890 radiosiga bergan intervyusida "Barselona" o'tgan yil kuzidayoq "Liverpul"dan Luis Suaresni sotib olishni istagan.
"Luis noyabr oyidagi Iordaniyaga qarshi o'yindan oldin "Barselona" haqida gapirib bergandi. O'sha vaqtda "Barselona" va "Liverpul" muzokara o'tkazib dastlabki kelishuvga erishishgandi".