Suriya terma jamoasida yangi murabbiy ish boshlaydi

Xayrulla Xoliqov
9 mar 2019, 13:42
Suriya futbol assotsiatsiyasi Fajr Ibrohimni terma jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinladi.

Uning birinchi o'yini Basra shahrida start oladigan "Xalqaro do'stlik chempionati"ga to'g'ri keladi. Suriya terma jamoasi bu musobaqada Iroq (22 mart), Iordaniya (24 mart) va BAA (26 mart) jamoalariga qarshi maydonga tushadi. 

Ma'lumki, shu paytgacha Bernd Shtange Suriya terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. Ammo Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng ishdan bo'shatildi. Endilikda mamlakat bosh jamoasiga 54 yoshli Fajr Ibrohim ustozlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com