Suriya pley-offda Avstraliya bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
6 sen 2017, 09:45
JCH-2018 saralashi, Osiyo qitasi pley-off bosqichi juftligi ma'lum bo'ldi.

Eron bilan safarda 2:2 hisobida durang o'ynagan Suriya guruhda uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Narigi guruhda esa 19 ochko bilan Avstraliya to'plar nisbatiga ko'ra uchinchi bo'lib qoldi.

Shu tariqa Osiyo qitasi pley-offida Suriya va Avstraliya terma jamoalari to'qnash kelishadi. 5 oktyabr kuni Malayziyada Suriya mezbonligi ostida ilk o'yin bo'lib o'tadi. 10 oktyabrda esa Avstraliyada javob uchrashuvi o'tkaziladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia