Suriya - Avstraliya bahsi "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi

Xayrulla Xoliqov
5 okt 2017, 10:28
Bugun JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan Suriya va Avstraliya milliy terma jamoalari o'rtasida dastlabki pley-off uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Suriyadagi siyosiy notinch vaziyat tufayli o'yin odatga ko'ra Malayziyada tashkil qilinadi va bizning vaqt bilan 17:30da boshlanadi. Ma'lumki, ikkala jamoa ham o'z guruhida uchinchi o'rinni olgan va bugun birinchi o'yinda o'zaro maydonga tushishadi. 

Bizga ma'lum bo'lishicha, ushbu bellashuvni "Sport" telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi. O'yinning olib berilishi bugungi teledasturga ham kiritilgan. 


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia