Superligaga qaytgan Kapadze. Termizliklarning buzilgan ananasi. "Olimpik" - "Surxon" uchrashuvi haqida 6ta fakt

Iskandarov Abdulaziz
2 mar 2022, 23:20
Timur Kapadze murabbiyligidagi "Olimpik" jamoasi Superliganing ilk turida "Paxtakor" stadionida "Surxon"ni qabul qildi.

Tengkurashlar ostida kechgan bahsda darvozalarga to'p kiritilmadi (0:0). Biz esa ushbu uchrashuv haqidagi fakt va ma'lumotlarga to'xtalamiz. 

1. "Olimpik" jamoasi uchun "Surxon"ga qarshi bahs Superligadagi birinchisi bo'ldi. 

2. Timur Kapadze bir yillik tanaffusdan so'ng yana Superligaga qaytdi. Murabbiy so'nggi bor 2020 yil ikkinchi davrada "Lokomotiv"da faoliyat olib borgan edi. 



3. "Surxon" Superligaga qaytganidan beri chempionat startida faqat bir marotaba g'alaba qozondi. 

4. Uch yildan beri mavsumni Termizda boshlayotgan "Surxon" joriy yildagi birinchi o'yinini mehmonda o'tkazdi. Demak o'ziga hos kichik anana buzildi, deya olamiz. 


2019. "Surxon" - "Metallurg" 1:1

2020. "Surxon" - "Bunyodkor" 1:3

2021. "Surxon" - "Metallurg" 1:0

2022. "Olimpik" - "Surxon" 0:0


5. Anxel Lopes "Surxon" tarixidagi ilk xorijlik murabbiy sifatida tarixga kirdi. 

6. Timur Kapadze shogirdlarining o'rtacha yoshi 19,7. "Surxon"da bu ko'rsatkich 25,7 tashkil qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia