Superligada navbatdagi iste'fo

Narzulla Saydullayev
25 sen 2019, 08:54
Superliga doirasidagi ketma-ket sakkizta mag'lubiyatdan keyin “Dinamo” klubi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Bir yarim yil davomida “Dinamo” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan Davron Fayziev o'z arizasiga binoan, lavozimidan ozod etildi.

“Dinamo” PFK hamkorliklik uchun Davron Oripovich Fayzievga minnatdorchilik bildiradi va mutaxassisning keyingi murabbiylik faoliyatiga omad tilab qoladi.

“Dinamo” PFK rahbariyati ayni damda bosh murabbiy lavozimiga bir qator mutaxassislar bilan muzokara o'tkazmoqda. Muzokaralar ijobiy yakunlansa, klub rasman e'lon qiladi.


Dinamo PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz