Superliga. Tur darvozaboni - Shirinboy Abdullaev

Tolibjon Qosimov
12 mar 2021
Coca Cola Superligada 1-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq 9-11 mart kunlari bo'lib o'tgan dastlabki tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.

Coca Cola Superliga. 1-tur ramziy terma jamoasi

Ortda qolgan 1-turning eng yaxshi darvozaboni deb "So'g'diyona" klubi a'zosi Shirinboy Abdullaevni topdik. Jizzaxliklar Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'lishdi. Qiziqarli uchrashuvda Ulug'bek Baqoev shogirdlari safardan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytishdi. Bahsning ikkinchi bo'limida aynan Shirinboyning bir nechta seyvlari jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Ayniqsa, Shohrux Mahmudhojiev hamda Azim Ahmedovlarning uzoqdan yo'llagan juda xavfli zarbalarida kiper chiroyli seyvlarni amalga oshirdi.

Shu tariqa, bu turda chiroyli seyvlari bilan jamoasini gollardan qutqarib qolgan va Namanganda darvozasi daxlsizligi saqlab qolgan Shirinboy Abdullaev 1-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga 





Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia