Superliga taqvimi loyihasi tayyor, jahon chempionati paytida o'yinlar bo'lmaydi

Xayrulla Xoliqov
6 fev 2018, 15:58
3 fevral kuni Superliga-2018 musobaqasiga qur'a tashlanganidan xabaringiz bor. Endi hamma o'yinlar qachon boshlab qachon tugashini, yani yillik taqvimni kutmoqda. Chunki ko'p klublar shunga qarab reja qilishadi.

Albatta, PFL yaqin kunlarda yillik taqvimni e'lon qilsa ajab emas. Shunga qaramay, Superliga taqvimi loyihasi tayyor deya olamiz. Bu yilgi milliy chempionat 1 martdan start olishi kutilmoqda va oxirgi tur bahslari 27-28 noyabrga belgilangan.

Jahon chempionati paytida ko'p sonli muxlislar talab va istaklari inobatga olinib, Superligada tur uchrashuvlari o'tkazilmaydi. Quyida Superliga o'yinlari taqvimini keltirib o'tamiz.

1-tur. 1-2-3 mart
2-tur. 8-9-10 mart
3-tur. 16-17 mart
4-tur. 30-31 mart

5-tur. 6-7 aprel
6-tur. 11-12 aprel
7-tur. 20-21 aprel
8-tur. 24-25-26 aprel
9-tur. 29-30 aprel

10-tur. 3-4-5 may
11-tur. 11-12 may
12-tur. 19-20-21 may
13-tur. 25-26 may

14-tur. 2-3 iyun
15-tur. 7-8 iyun
16-tur. 12-13 iyun

17-tur. 17-18 iyul
18-tur. 27-28-29 iyul

19-tur. 3-4 avgust
20-tur. 11-12 avgust
21-tur. 17-18 avgust
22-tur. 28-29 avgust

23-tur. 15-16 sentyabr
24-tur. 21-22 sentyabr
25-tur. 28-29 sentyabr

26-tur. 5-6 oktyabr
27-tur. 19-20 oktyabr
28-tur. 26-27 oktyabr

29-tur. 2-3-4 noyabr
30-tur. 8-9 noyabr
31-tur. 22-23 noyabr
32-tur. 27-28 noyabr

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia