Superliga. OKMK bir kishi kam bo'lib qolgan "Surxon" ustidan qiyin g'alabaga erishdi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2024
Superliga 18-turi doirasidagi so'nggi bahs yakuniga etdi.

Superliga

18-tur

OKMK – "Surxon" 1:0 

16 sentyabr. Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 19:30 

Gol: Oybek Rustamov 88'

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Hakimov

VAR: Asker Najafaliev

+3AVAR: Nasiba Toshmuhammedova

Zaxira hakami: To'rabek Suyunov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Sherzod Rajabov

OKMK35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (18.Aziz Xolmurodov, 67), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev (13.Eldorbek Begimov, 90+3), 9.Ruben Sanches (19.Mixael Klepach, 85), 10.Xurshid G'iyosov, 11.Kleydi Daci (27.Ali Abdurahmonov, 67), 15.Oybek Rustamov, 22.Shohruh Gadoev, 28.Arixiro Sentoku (30.Abror Sarimsoqov, 67).

Zaxira: 1.Valijon Rahimov, 5.Giorgi Papava, 21.Saidafzalxon Axrorov, 99.Irakli Ruxadze.

"Surxon": 86.Davron Merganov, 2.Bobur Asqarov (88.Mirjalol Abdumutalov, 86), 3.Sunnatulloh Xamidjonov, 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov, 7.Doston Tursunov, 10.Dmitriy Pletnyov (99.Komron Saydazimov, 90+1), 17.Jahongir Abdusalomov, 19.Muhammadali Abdurahmonov, 66.Behruz Shaydulov, 77.Asadbek Karimov (9.Tamirlan Jamalutdinov, 90+1).

Zaxira: 25.Maksim Murkaev, 6.Behzod Shamsiev, 15.Diyor Ramazonov, 22.Javohir Jo'raev, 23.Egor Krimec, 98.Farruh Ikromov.

Ogohlantirishlar: Muhammadali Abdurahmonov (7), Arixiro Sentoku (60), Jamaldin Xodjaniyazov (76).

Chetlatish: Muhammadali Abdurahmonov (17). 

MATNLI TRANSLYATSIYA



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. OKMKda o'zgarish: Ahmadaliev o'rniga Begimov tushirildi. 

90+1. "Surxon"da 2 ta almashtirish: Karimov o'rniga Jamalutdinov, Pletnyov  o'rniga Saydazimov maydonga tushdi. 

90. Ikkinchi taymga 8 daqiqa qo'shib berildi.

88. GOL! Oybek Rustamovning jarima maydonchasi ichidagi kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'ridan joy oldi. Chiroyli gol – 1:0!  

86. "Surxon"da o'zgarish: Asqarov o'rniga Abdumutalov tushirildi.

85. OKMKda almashtirish: Sanches o'rniga Klepach o'yinga qo'shildi. 

84. Bosh hakamning qaysidir uskunasi ishlamayotgani uchun o'yin qariyb 4 daqiqaga to'xtab qoldi. 

80. G'iyosov Hamidjonov bilan tortishib qoldi. OKMK vakili "Surxon" futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagandi. 

76. Jamaldin Xodjaniyazov hakam tomonidan ogohlantirildi.

70. Merganov Sanches bilan to'qnashib kyetish oqibatida shifokorlar yordamiga muhtojlik sezdi. 

67. OKMKda bira to'la 3 ta o'zgarish: Qosimov o'rniga Xolmurodov, Daci o'rniga Abdurahmonov, Sentoku o'rniga Sarimsoqov tushirildi.  

64. Zarba! Xurshid G'iyosovning zarbasi kuchsiz chiqib qoldi va himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

60. Doston Tursunovni qo'pollik qilib to'xtatib qolgan Arixiro Sentoku ogohlantirildi. 

58. Zarbaa! Oybek Rustamovning zarbasi yo'l-yo'lakay bloklab qo'yildi. 

55. Muxlislar o'zgarishlar qilishni so'rashmoqda.

50. Kadrda Mirjalol Qosimov namoyish etildi. Murabbiyning boshi qotgan, o'yinda nimalarnidin o'zgartirmasa bo'lmaydi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 



44. Uuux! Sunnatilloh Hamidjonov deyarli birga-bir holatga chiqib, zarba berdi. Ilyosov o'z vaqtida reakciya ko'rsatdi! 

41. Zarbaaa! Xurshid G'iyosovning aylanma zarbasini Merganov qaytardi! Birinchi xavfli zarba va birinchi jiddiy seyv! 

37. Mirjamol Qosimovning burchak zarbasidan oshirgan to'pi noaniq ko'rinish kasb etdi, u to'g'ridan-to'g'ri darvozani poylashga urindi. 

32. O'yindan kelib chiqsak, xuddi OKMK bir kishi kam o'ynayotganday...

30. Arixiro Sentoku endigina boshlangan hujumni qoida buzgan holda to'xtatib qo'ydi. 

23. Doston Tursunovning uzatmasidan keyin Avazbek O'lmasaliev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

17. Muhammadali Abdurahmonov Oybek Rustamovga nisbatan qoidani buzdi va ikkinchi bor ogohlanitirish olib, maydonni juda erta tark etdi. 



16. OKMK chap qanot orqali hujum tashkil etdi, Shohruh Gadoevning ichkariga oshirib bergan to'pi ancha noaniq ketdi. 

8. "Surxon"ning ishtiyoqi juda yuqori, ular mezbonlarga yaxshigina kurash taklif etishmoqda. 

7. Muhammadali Abdurahmonov qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi.

3. Zarbaa! Jamaldin Xodjaniyazovning standartdan yo'llagan zarbasiga sal aniqlik yetishmadi. 

1. Uchrashuv boshlandi!



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia