Superliga 8 iyuldan davom ettiriladi. 16 va 14-turning vaqtlari aniq

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2018, 20:37
Professional futbol ligasi “Sport” telekanali bilan kelishgan holda Superliganing 16-turi vaqtlari hamda 14-tur bellashuvlarining sanasi hamda vaqtlariga oydinlik kiritib oldi.

Qayd etish kerak, 14-tur O'zbekiston termasining Urugvayga qarshi o'yini sabab qoldirilgandi.

16-tur bellashuvlari avvaldan belgilab qo'yilganidek, 8-9 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Bunda ob-havoning issiqligidan kelib chiqib, o'yinlarning 19:00 dan erta boshlanmasligiga e'tibor qaratilgan.

8 iyul, yakshanba

19:00  “Paxtakor” - “Buxoro” (live)
20:00  AGMK - “Neftchi” (yozib olib)
21:00  “Nasaf” - “Navbahor” (live)
 
9 iyul, dushanba

19:00  “Qo'qon-1912” - “Lokomotiv” (live)
20:00  “So'g'diyona” - “Metallurg” (yozib olib)
21:00  “Bunyodkor” - “Qizilqum” (live)

O'zbekiston Kubogi formatiga kichik o'zgartirish kiritilgani haqida ma'lum qilingandi. Rejaga ko'ra, chorak final o'yinlari 12-13 iyul kunlari o'tkazilishi kerak edi. Endi esa kubok bahslari kuzga qoldirilgan:
 
1/4 final - 17-18 sentyabr
1/2 final - 27 sentyabr
Final - 28 oktyabr

1/4 finalga qur'a tashlash marosimi 9 iyul kuni bo'lib o'tadi va u “Sport” telekanalida jonli ko'rsatiladi. Rejaga ko'ra, qur'a marosimiga “Milliy stadion” mezbonlik qiladi. Marosim “Bunyodkor” - “Qizilqum” o'yini tanaffusida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini sabab qolib ketgan 14-tur esa endilikda 12-13 iyul kunlari bo'lib o'tadi (kubokning chorak final uchun rejalashtirilgan sanasida).

12 iyul, payshanba
19:00  “So'g'diyona” - “Buxoro” (live)
20:00  “Bunyodkor” - “Neftchi” (yozib olib)
21:00  AGMK - “Paxtakor” (live)
 
13 iyul, juma
19:00  “Lokomotiv” - “Navbahor” (live)
20:00  “Qo'qon-1912” - “Metallurg” (yozib olib)
21:00  “Nasaf - Qizilqum” (live)

22-turgacha bo'lgan o'yinlar taqvimi esa tez orada ma'lum qilinadi. Bunda Professional futbol ligasi O'FA hamda MOQ rahbariyatining Osiyo O'yinlari bo'yicha talabidan kelib chiqib, o'yinlar sanalariga o'zgartirish kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz