Superliga-2025. Uyda Sergeev, mehmonda Norchaev gol urishni yaxshi ko'radi

Оқил Абдубарноев
12 dek 2025, 12:58
2025 yilgi O'zbekiston Superligasiga oid qiziqarli ko'rsatkichlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Uy o'yinlarida to'p kiritish bo'yicha "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev yetakchi bo'ldi – 13 ta gol. "So'g'diyona" vingeri Lyupcho Doriev hisobida 12 ta gol mavjud. Uchinchi natija OKMK vingeri Xurshid G'iyosovga tegishli – 9 gol.

Safardagi uchrashuvlarda raqib darvozasini ishg'ol qilish bo'yicha esa "Nasaf" forvardi Husayn Norchaev yetakchi bo'ldi – 8 ta gol. Igor Sergeev hisobiga 7 gol qayd etildi. Kuchli uchlikni "Navbahor" vingeri Ruslan Jiyanov yakunladi – 6 gol.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia