Sulsher "Vilyarreal"ga qarshi o'yindan so'ng: "De Xea - dunyoning eng yaxshi darvozaboni, u bizni qutqardi"

Alisher
30 sen 2021, 12:33
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher CHL guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Vilyarreal" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng "qizil iblislar" darvozaboni David de Xeani maqtadi.

"Yaxshiyamki, bizda dunyoning eng kuchli darvozaboni o'ynadi. David aqlbovar qilmas edi. "Vilyarreal" ikkinchi taymda ko'proq to'pga egalik qildi, o'yin ochiq bo'ldi, raqibimiz haqli ravishda hisobni ochdi.

De Xeada og'ir yoz bo'lgandi. U Evroga yo'l oldi, ammo u yerda o'ynamadi, ammo u terma jamoadan qatiyatli va ishlash istagi bilan keldi va bu menga yoqdi. U bunga loyiq. U bizni qutqardi.

Keling, realist bo'laylik, bizda Din Xenderson va Tom Xiton kabi ikki yaxshi darvozabon bor, ammo de Xea "Vilyarreal"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga loyiq", - deydi Sulsher.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik darvozabon "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda oltita seyv qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal