Sulsher MYUdagi eng qiyin ikki o'yini haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
9 mar 2019, 21:25
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 30-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Parijda bo'lgan voqealarga ishonib "Arsenal"ni yuta olamiz deb hisoblamayman. Biz endigina YCHLning 1/8 finalini yutdik. Bu holat MYU kabi klub uchun normal holat bo'lishi kerak. Balki ushbu va Angliya kubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yin MYUdagi faoliyatimda eng qiyin o'yinlar bo'lgandir.

"Arsenal"ga qarshi o'yinga jiddiy e'tibor berishimiz kerak. Ertaga "Arsenal" qanday o'yin ko'rsatishini oldindan aytish juda qiyin. Ularning uslubi doimiy tarzda o'zgarib turadi. Biroq ko'plab ishlar bizning tarkibga, kadrlarimizga ham bog'liq. Menda variantlar kam. Kim sog'lom bo'lsa o'sha o'yinga tushadi. Ushbu o'ylar meni doimiy tarzda xavotirlanmoqda", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal