Suares mashg'ulotda mushagidan jarohat oldi. "Atletiko" forvardi tekshirilmoqda

Alisher
7 apr 2021, 17:38
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares jarohat sabab bugungi mashg'ulotlarni yakunlay olmadi.

Urugvaylik futbolchi mushaklarida noqulaylik his etdi va mashg'ulotlarni to'xtatishga majbur bo'ldi.

34 yoshli futbolchi tekshirilmoqda va shundan so'ng jarohatning jiddiy yoki jiddiy emasligi ma'lum bo'ladi.

Suares - La Ligada 19ta gol bilan "Atletiko"ning eng yaxshi to'purari hisoblanadi.

"Atletiko" ayni damda "Barselona"dan 1 ochko, "Real"dan 3 ochko va "Sevilya"dan 8 ochko ko'p jamg'argan holda 1-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca