Suares klublar o'rtasidagi jahon chempionatida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2015, 18:45
"Barselona" hujumchisi Luis Suares "Ganchjou Evergrand"ga qarshi klublar o'rtasdagi jahon chempionatida o'z hisobiga 3ta gol yozib qo'ydi.

Shunday qilib, Suares turnir tarixida gol urgan birinchi urugvaylik bo'ldi. Bungacha turnir o'yinlarida 12 urugvaylik to'p tepgan edi.

Bundan tashqari, u 2000 yildan beri o'tkazilayotgan turnir tarixida birinchi xet-trikni qayd etdi. Avvalgi qitalararo Kubok tarixida Pele 1962 yilda "Santos" safida 3ta gol urgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com