Suares "Barselona B" safida ikkita gol urdi

Narzulla Saydullayev
24 sen 2014, 23:28
"Barselona"ning yangi hujumchisi Luis Suares "Barselona B"ning Indoneziya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi o'yinda dublga erishdi.
"Barselona B" uchrashuvda 6:0 hisobida zafar quchdi. Suares har bir bo'limda bittadan gol urdi. Ushbu bahsda "Barselona"ning yangi yangi futbolchisi Tomas Vermalen ham maydonga tushdi. Vermalen bahsdagi hisobni ochdi.

Suares "Barselona"ning asosiy jamoasi safida oktyabr oyidagi "Real"ga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru