Stoichkov: "Agar Messi terma jamoani tark etsa, Argentina 3 yil birorta o'yinda yuta olmaydi"

Aslanov Jasurbek
17 avg 2018, 12:40
"Barselona" sobiq futbolchisi Xristo Stoichkov Kataloniya klubi forvardi Lionel Messi Argentina terma jamoasi uchun futbolchi tanlashi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Agar Messi Argentina terma jamoasini tark etsa, ular 3 yil birorta uchrashuvda g'alaba qozona olmaydi.

"Messi terma jamoa futbolchilarini o'zi aniqlaydi? Jin ursin, bu yolg'on. Leoning do'sti bo'lganim uchun Argentina terma jamoasini boshqarar emishman. Hammasi uydirma! Qanday qilib bunday narsalarni o'ylab topish mumkin?" - deydi Stoichkov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net