Stanislav Cherchesov: "Saudiya Arabistoni 4-3-3 taktikasida o'ynaydi"

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2018, 22:17
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

– Urugvay – kuchli jamoa, ular safida Godin, Ximenes, Suares va Kavani kabi yulduzlar bor, - dedi murabbiy.

- Ular guruh favoritimi?


– YCHL yarim finalini eslang. Unda "Liverpul" va "Roma" o'ynadi, "Barselona" yoki "Manchester Siti" emas.

Urugvay terma jamoasi uzoq yillardan buyon kuchli bo'lib kelmoqda. Bunda tajribali murabbiy Tabaresning xissasi juda katta.

- Yulduzlarga qarshi kimdir personal o'ynaydimi?


– Agar sening futbolching butun maydon bo'ylab raqibni kuzatib yursa o'yinda balans buziladi.

Misr tartibli o'ynaydi, Ektor Kuper himoyaviy futbol ko'rsatadi. U yerda barcha himoyada harakat qiladi.

- Salahchi?


– Terma jamoada "Liverpul"dagidek sheriklari yo'q. Bu uning o'yiniga ta’sir qiladi, ammo mahorat hech qaerga yo'qolmaydi.

- Saudiya Arabistoni haqida nima deya olasiz?


– Ular 4-3-3 taktikasida o'ynashadi, xuddi Chili terma jamoasi kabi, ammo futbolchilar turlicha. Chilida Picci qo'l ostida Vidal va Sanches kabi o'yinchilar bor edi, – deydi Stanislav Cherchesov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com