Sohil futboli bo'yicha Osiyo Kubogi. O'zbekiston ilk turda o'z darvozasidan 4 ta to'p olib chiqdi

Sherzod Nurmatov
16 mar 2023, 17:21
Sohil futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi yurishini boshladi.

O'zbekiston ilk turda BAA bilan to'qnash kelib, 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi. 

Sohil futboli bo'yicha Osiyo Kubogi

"B" guruhi. 1-tur

"Jomten Arena", Pattayya

BAA – O'zbekiston 4:0 

Gollar: V.Beshr 9', A.Beshr 16', 20', Ali 24' 

O'zbekiston: 1. Muhammedov, 4.Mallaev, 7.Shoahmedov (s), 9.Xalimov, 11.Rasulov

Zaxira: 12.O'lmasbekov, 2.Faxriddinov, 3.Samiev, 5.Qodirov, 6.Alisherov, 8.Ibragimov, 10.Sharipov



Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning 2-tur doirasidagi Eronga qarshi o'yini 18 mart kuniga belgilangan. Eronliklar ilk turda Malayziyani 14:5 hisobida mag'lub qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia