Eshitdik-da! Futzal va sohil futboli uchun mas'ul tashkilot rahbariyati yangi yilga qadar ma'lum bo'ladi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2024, 14:05
Avvalroq O'FA Ijroiya qo'mitasining qarori bilan mamlakat futzali va sohil futboli uchun javobgar alohida tashkilot tuzish masalasi belgilangani haqida ma'lumot berilgandi.

Ayni vaqtda uni tashkil etish va uni davlat ro'yxatidan o'tkazish, yangi tashkilotda faoliyat olib boradigan kadrlarni saralash va tanlash kabi ishlar davom etmoqda. O'FA va O'zPFLda faoliyatini davom ettirayotgan qator kadrlar suhbatlarga jalb qilingan.

Ma'lum bo'lishicha, yangi tashkilotning kelgusi faoliyati qanday bo'lishi masalasi OAV ishtirokida katta tadbir o'tkazish orqali ma'lum qilinadi. Unda Sport vazirligi, MOQ va O'FA rahbariyati, O'zPFL vakillari ishtirok etishi ko'zda tutilgan. O'FA tez orada uning barcha tafsilotlarini e'lon qilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia