

Uchrashuvning 81-daqiqasida Diogu Jota Oliver Skippning yuziga butsasining tag qismi bilan zarba bergani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
"Jota raqib bilan yuzma-yuz turib, oyog'ini ko'taryapti. Skipp boshini egib, Diogu hududiga kirib boryapti, biroq Jota oyog'ini bunchalik baland ko'tarishi kerakmidi? Yo'q. Chempionlar ligasida bu harakat uchun qizil kartochka ko'rsatishardi.
Hakam Skippning raqib tomon intilganini hisobga olgan" - deydi Dermot Gallaxer.



