

Kadrlarda mashina yonayotgani aks etgan.
"Men buni tasvirga oldim. To'xtadim va yordam berishga harakat qildim, lekin afsuski, hech narsa qilolmadim. Vijdonim toza. Mashinada kim borligini bilmagandim. Oilasiga hamdardlik bildiraman", – dedi Xose ismli kishi.
Xose, shuningdek, Diogu Jota va uning ukasi bo'lgan mashina tezlikni belgilangan meyordan jiddiy oshirganiga shubha bildirgan. Uning aytishicha, yo'l qoplamasining sifatsizligi tez haydashni qiyinlashtiradi.



