Sneyder: “Jamoada bir-birimizni tushunish uchun yarim og'iz gap etarli”

Tolibjon Qosimov
16 iyun 2014, 12:15
Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uesli Sneyder o'zaro bir-birini tushunishi haqida fikr bildirib o'tdi.
“Terma jamoamizda kuchli tarkib yig'ilgan. Van Persi har qanday vaziyatda yo'q joydan gol urishi mumkin, Robben juda kuchli o'yin namoish etadi, De Yong esa maydon markazida hamma narsani boshqaradi. Biz uzoq vaqtdan beri birga to'p tepamiz, bir-birimizni tushunish uchun yarim og'iz gap etarli”.

Gollandlar jahon chempionatidagi birinchi o'yinda Ispaniya terma jamoasini yirik 5:1 hisobida mag'lub etishgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com