Bugun Rossiya chempionatining so'nggi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Yakunlangan mavsumda "Krasnodar" hujumchisi Fyodor Smolov RFPLning to'purariga aylandi. U chempionatda 20 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Smolovning eng yaqin taqibchisi Kuinsi Promes joriy mavsumda "Spartak" safida 18 ta golga mualliflik qildi.