"Siti" va "Chelsi"ni mag'lub etgan murabbiy iste'foga chiqishi mumkin

Mirjalol Normatov
16 yanv 2019, 14:18
"Seltik" bosh murabbiyi Brendan Rojers APLga qaytishi mumkin.

"The Sun" xabariga ko'ra, shimoliy irlandiyalikning xizmatlariga "Lester" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ular yaqin vaqtlarda Klod Pyuelni iste'foga chiqarishni rejalashtirmoqda.

57 yoshli fransiyalikning taqdiri APLning 23-turi doirasidagi "Vulverxepmpton"ga qarshi o'yindan keyin ma'lum bo'ladi. Uning qo'l ostidagi jamoa hozirda 8-o'rinni egallab turibdi.

Qayd etish kerak, "Lester" Pyuel boshchiligida "Manchester Siti" va "Chelsi" kabi jamoalarni mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun