Simeone APLning boshqa ligalardan ajralib turuvchi jihatini aytdi

Eldor Akmurzayev
25 may 2021, 20:55
“Atletiko” bilan La Liga chempionligini qo'lga kiritgan Diego Simeone Premer-liganing ustunligi haqida gapirdi.

“Menimcha, ha. Angliya chempionati juda kuchli. Ularda raqobatbardosh va kuchli bo'lgan barcha klublarning iqtisodiy sarmoyalari bor. Boshqa chempionatlarda yetakchilar kamchilik: PSJ, “Bavariya”, “Barselona” va “Real”. Angliyada esa “Liverpul”, “Man Siti”, MYU yoki “Chelsi” chempion bo'lishi mumkin. Bu raqobat yuqori bo'lgan liga. “Chelsi” va “Man Siti” Chempionlar Ligasi finaliga yo'l oldi, bu ingliz futbolida yorqin lahzalar o'tayotganini ko'rsatmoqda”, deydi argentinalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN