Shvaynshtayger: "Germaniya terma jamoasida to'p tepish men uchun sharaf edi"
Aslanov Jasurbek
1 sen 2016, 10:19
Finlyanndiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgan Bastian Shvaynshtayger uchun bu uchrashuv (2:0) uning Germaniya terma jamoasi safidagi so'nggi bahsi bo'ldi.
"Hammasi uchun rahmat! Bu men uchun katta sharaf edi" - deydi Shvaynshtayger.
Shvaynshtayger Germaniya terma jamoasidagi ilk uchrashuvini 2004 yilda o'tkazgan. U 12 yil davomida "bundesmannshaft"ning 121 o'yinida maydonga tushib, 24 ta gol urgan.