Shuhrat Muhammadiev: "Biz uchun har qanday raqib birdek"

24 mar 2014, 08:00
"Nasaf" himoyachisi Shuhrat Muhammadiev "Lokomotiv" bilan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Lokomotiv"ga qarshi o'yinga tayyorgarliklar yaxshi bo'ldi. Uchrashuv qiyin kechishi tabiiy. "Nasaf" uchun har qanday raqib birdek. Biz faqat g'alaba haqida o'ylaymiz. "Nasaf" hech qaysi raqibdan qo'rqmaydi. "Lokomotiv" safida yaxshi o'yinchilar jamlangan. Aynan bir futbolchini keltirib o'tish qiyin. Ivan Nagaev tezkor futbolchi sanaladi. Lekin aynan bir futbolchiga e'tibor qaratmaymiz. "Lokomotiv" ko'proq hujumga e'tibor qaratadi va himoya chizig'ida bu paytda kamchiliklar yuzaga keladi. Shu zaif tomonlaridan foydalanishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa g'alaba qozonamiz deb o'ylayman.


Manba: championat.asia