"Shtutgart" sport direktori: Valdemar Anton Evro-2024dan keyin jamoadan ketadi

Omonjon To`xtamirzayev
4 iyul 2024, 19:45
Endi jamoa sardorining ketishini rasman tasdiqlashdi.

Germaniya terma jamoasi himoyachisi Valdemar Anton Evro-2024 yakunlanganidan keyin ham "Shtutgart"ga qaytmaydi. Bu haqida klub sport direktori Fabian Volgemut payshanba kungi mashg'ulot vaqtida ma'lum qildi.

Ma'lum vaqtdan buyon "Shtutgart" 28 yoshli himoyachisi bilan xayrlashishi haqida xabarlar bor edi. Bazi manbalar Anton faoliyatini Dortmundning "Borussiya"sida davom ettirmoqchiligini takidlamoqda. Biroq hozircha bu borada rasmiy ma'lumot yo'q va uning keyingi jamoasi borasidagi savol ochiq qolmoqda. Uning transferi ehtimoliy xaridorga taxminan 22,5 mln evroga tushishi kutilmoqda.

Qayd etish lozim, Valdemar hozirda Germaniyada davom etayotgan Evro-2024ning 1/8 final bosqichida zaxiradan maydonga tushirildi va qita chempionatida debyut qildi.  

Eslatib o'tamiz, Valdemar Anton 2020 yildan buyon "Shtutgart" sharafini himoya qilib keladi. Klub libosida 141 o'yinda 4 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma etkazib berishga muvaffaq bo'lgan. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Kicker