Shota Arveladze RPL klubini boshqarishi mumkin

Alisher
5 yanv 2022
"Krasnodar" bosh murabbiyligi uchun nomzodlardan biri 48 yoshli gruziyalik mutaxassis Shota Arveladzedir.

Bugun "Krasnodar" jamoa bosh murabbiyi Viktor Goncharenkoni iste'foga chiqarish bo'yicha qaror qabul qilgandi.

SE'ning ma'lumotiga ko'ra, Shota Arveladze "Krasnodar"ni boshqarish uchun nomzodlardan biridir. Bungacha jamoani "Lokomotiv" (Moskva) sobiq ustozi Marko Nikolich ham boshqarishi mumkinligi aytilgan edi.

Arveladzening so'nggi ish joyi Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bo'lgandi. U "sherlar" bilan ikki bor O'zbekiston chempioni va ikki bor mamlakat kubogiga ega chiqqandi. Bunga qadar esa mutaxassis Turkiyaning "Kayserispor", "Qosimposhsho", "Trabzonspor" va Isroilning "Makkabi" jamoalarida ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: СЭ