Sho'rtan yana uch nafar futbolchi bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi

Khoja
7 yanv 2025, 07:20
G'uzorliklar yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Sho'rtan jamoasi navbatdagi transferlarni e'lon qildi. Jamoa Abror Toshqo'ziev, Daler Sharipov va Timur Mamasidiqov bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi.

Toshqo'ziev va Sharipov o'tgan mavsum Metallurg safida o'tkazishgan bo'lsa, Mamasidiqov Lokomotivda o'ynadi.

Avvalroq, g'uzorliklar Sirojiddin Qo'ziev va Aziz Pirmuhammedov bilan shartnoma tuzishgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia