Sherzod Fayziev "Mashal"ni tark etadimi?

Narzulla Saydullayev
4 dek 2015, 15:56
"Mashal" jamoasining iqtidorli himoyachisi Sherzod Fayziev keyingi mavsumni boshqa klubda boshlashi mumkin.

Bizga ma'lum bo'lishicha, shu oyning oxirida futbolchining "Mashal" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi o'z nihoyasiga etadi.

Fayziev hozircha muborakliklar bilan yangi shartnomaga imzo chekkani yo'q va bunga shoshilmayapti ham. Chunki uning oldida boshqa bir nechta variantlar turibdi. "Mashal" sardori uni futbol muxlislariga tanitgan klubda qoladimi-yo'qmi, bu hozircha ma'lum emas. Ma'lumot o'rnida shuni aytishimiz mumkin, Sherzod Fayziev bu yil "gazchilar" tarkibida oliy liganing 27 o'yinida maydonga tushib, ikkita gol urdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia