"Sherdor": Tayyorgarlikning so'nggi bosqichi boshlandi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2014, 00:26
Kechadan boshlab Samarqandning birinchi ligadagi vakili "Sherdor" mavsumga tayyorgarlikni so'nggi bosqichiga kirishdi.
Shahrimizning futbol maktabiga qarshli stadionda tayyorgarlik olib borayotgan jamoa a'zolari bugun o'zaro nazorat uchrashuvi o'tkazdi. 12-29 mart kunlari so'nggi tayyorgarlik olib boriladi. Jamoa tarkibida ko'plab mahalliy futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. 25 mart kuni Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tadi va 26 mart kuni jamoaning "zayavka" varaqasi topshiriladi.

Bugun bo'lib o'tgan uchrashuvda asosiy tarkib 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona kiritilgan gol muallifi Hamdam Rahmonov.

"Sherdor"ning ayni vaqtdagi tarkibi quyidagicha.

"Sherdor": Shohruh Salohiddinov, Shuhrat Murodov, Baxtiyor Achilov, Ozod Tursunov, Ubaydulla Nabiev, Amirjon Aminjonov, Turg'un Qobilov, Temur Dadashev, Nurbek Safarov, Hamdam Rahmonov, Sanjar Akramov, Anvar Nosirov, Dilshod Tursunov, Islom Saparov, Mirjalol Lakaev, G'olib Sariboev, A'zam Abdurafiqov, Bobosher Boboohunov va bir qator yoshlar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: samfutbol.uz