Kuni kecha ushbu chempionat o'tkaziladigan sayt manzili haqida ma'lumot bergan edim – http://blog.telegraf.uz/
Bugun boshqa masala haqida tushuntirish bermoqchiman. Juda ko'pchilik tomonidan berilayotgan bir savol bor:
Mening shaxsiy blogim yo'q, tanlovda qatnasha olamanmi? Buning tartibi qanday bo'ladi?
Hozir ushbu savollarga javob berib o'tsam.
Avval takidlaganimdek, tanlov barcha uchun ochiq bo'lib, unda shaxsiy blog yuritmaydiganlar ham bemalol ishtirok eta oladi. Buning tartibi quyidagicha bo'ladi:
O'zining shaxsiy blogiga ega bo'lmagan, lekin o'z fikrlari, dunyoqarashi bilan o'rtoqlashishni istagan shaxslarning tanlovda qatnashish tartibi juda oddiy. Shunchaki, o'zlarining yozgan blogpostlari matnini (matn ko'rinishida yoki Microsoft Word faylida) uzblogerlar@gmail.com elektron manziliga yuborish orqali tashkilotchilarga taqdim qilsa kifoya.
Yuborilgan blogpostlar Fikr.uz saytida Blogerlar chempionati umumiy rukni ostida muallifi ko'rsatilgan holda chop etiladi. Bunda bizga hamkorimiz UzInfoCom markazi yaqindan ko'mak bermoqda. Batafsil
Bugun Fikr.uz saytida ushbu maxsus bo'lim ishga tushdi.
Fikr.uz saytidan skrinshot
O'zining shaxsiy blogiga ega bo'lmasdan tanlovda ishtirok etayotgan shaxslar shaxsiy blogi mavjud bo'lgan ishtirokchilar bilan bir xil huquqqa ega.
Shuningdek, yana bir narsaga e'tiborni qaratishingizni so'rar edim. Yozgan bloglari o'zining shaxsiy sahifasida emas, balki boshqa elektron OAV yoki saytlarning bloglarida chop etilgan shaxslar ham tanlovda qatnashishi mumkin. Masalan, futbol mavzusida Championat.asia, Stadion.uz, Uff.uz saytlaridagi bloglarda yoki biron axborot saytlari bloglarida va h.k.
Eslatib o'taman, O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining homiyligida tashkillashtirilayotgan mazkur blogerlar chempionatining umumiy sovrin jamg'armasi 10 million so'mga yaqin bo'lib, unga ko'ra asosiy mukofotlar quyidagilarni tashkil qiladi:
1-o'rin: 4 million so'm;
2-o'rin: 2 million so'm;
3-o'rin: 1 million so'm.
Shuningdek, bir qator nominaciyalar bo'yicha qimmatbaho sovrinlar e'lon qilingan.
Tanlovning to'liq qoidalari tez orada e'lon qilinadi.