Serxio Riko Donnarumma kelganidan so'ng, PSJdan ketishni xohlamoqda

Alisher
16 iyul 2021, 13:53
Darvozabon Serxio Riko PSJ rahbariyatiga ushbu transfer oynasida jamoadan ketish xohishini bildirdi.

27 yoshli ispaniyalik posbon Janluiji Donnarumma kelganidan so'ng, ketish xohishi bilan murojaat qildi.

Parijliklar Rikoni "Sevilya"dan 2020 yilning sentyabrida xarid qilishgandi. O'yinchining shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Riko 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 9ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien