Serxio Ramos "Chelsi"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi

Omonjon To`xtamirzayev
4 may 2021, 12:05
Xabaringiz bor, YCHL yarim finali doirasida Madridning "Real" klubi "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.

Jarohat sabab ancha muddat maydondan tashqarida qolgan 35 yoshli futbolchi oxirgi kunlarda umumiy guruh bilan birga shug'ullandi va qaytishga tayyor.

Muhim o'yin oldidan Varan jarohati sabab "Chelsi"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi. O'zi shundoq ham jarohatlardan aziyat chekayotgan "Qirollik klubi"ga jamoa sardori yordamga keladi. 

Ispan nashrlarining ma'lumotlariga ko'ra, Serxio Ramos bo'lajak bahsni asosiy tarkibda boshlaydi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca