Server Jeparov Toshkentda

Xayrulla Xoliqov
19 mar 2018, 09:03
O'zbek futboli yetakchi yulduzlaridan biri Server Jeparov ayni paytda Toshkentda bo'lib turibdi.

Faoliyatini Eronning "Istiqlol" klubida davom ettirayotgan Jeparovga FIFA kunlari sabab klubi tanaffus berdi. Kecha Server O'FA maydoniga kelib, "Kelajak Yulduzlari" musobaqasini kuzatdi. Ma'lumki, Jeparovning o'g'li "Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kecha uning jamoasi BO'SM-30ga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Jeparovning aytishicha, Erondagi ishlari juda yaxshi ketyapti. Xususan Osiyo chempionlar ligasida "Istiqlol" muvaffaqiyatli odimini davom ettirmoqda. Uning jamoasi 6 ochko bilan guruhda birinchi o'rinda boryapti.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia