Sergey Lushchan "Navbahor"da qoladimi?!

Omonjon To`xtamirzayev
2 dek 2024, 09:36
Xabaringiz bor, Namanganning "Navbahor" futbol klubi ortda qolgan mavsumni Sergey Lushchan boshchiligida uchinchi o'rinda yakunladi.

Hozirga kelib esa ko'pchilikni mavsumning ikkinchi qismida jamoaga kelgan "Sergey Ivanovich Namanganda qoladimi yoki yo'q", degan savol qiziqtirayotgandi.

"Championat.asia"ga kelib tushgan ma'lumotlarga ko'ra, Lushchan 2025 yilda ham "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradi va shtabdagi barchani yangilaydi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia