Sergey Lushchan: "Mavsum oxiri bo'lgani uchun yo'qotadigan narsamiz qolmadi"

27 noya 2026, 21:25
Superliga 29-turdan o'rin olgan "Buxoro" – "Mashal" uchrashuvidan so'ng "Mashal" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Jamoamiz tomonidan sifatli futbol namoyish etildi. To'g'ri, boshida hayajon bo'ldi, lekin keyin futbol o'ynashni boshladik. Bazi o'yinchilardan bosimni olib tashlashga urindik. Mavsum oxiri bo'lgani uchun yo'qotadigan narsamiz qolmadi. Odatdagidek bugun ham o'zimizga o'zimiz gol olib keldik. Jamoam o'yinidan qoniqdim, agar yutqazib qo'ysak ham shu gapni aytgan bo'lardim.

- Jamoangiz oxirgi turni chempionlik uchun kurashayotgan "Neftchi"ga qarshi o'tkazadi. Bu o'yinda "Mashal" safida yana yangi futbolchilarni ko'ramizmi?
- Yana yangi futbolchilarmi? E'tibor bergan bo'lsangiz, oxirgi paytda 12 futbolchini almashtirdik, lekin asosiy tarkibga chaqirilmaganlar ham biz bilan mashg'ulot o'tkazyapti. Biz hech kimni ko'chaga chiqarib qo'ymaganmiz. Keyingi o'yingacha besh kun bor. Hamma sog'-omon bo'lsa shu tarkib o'ynaydi. Kimdir safdan chiqsa yoshlarni chaqiramiz.

- Bugun "Mashal" har bir qarich uchun kurashdi. Jamoani qanday ruhlantira oldingiz?
- Bilasizmi, har o'yinda kurashyapmiz. Biz murabbiylar futbolni boshqacha ko'ramiz. Kimdir faqat natijaga qaraydi. Men esa o'yin payti hammani kuzataman. Oxirgi olti-ettita o'yinimizdan beri yigitlar biz nima xohlayotganimizni tushunib yetishdi. Muammolar bor, ayniqsa jarima mayonchasi ichidagi xatolarni kamaytirish kerak. Hujumda ham muammolar bor, biz faqat Murtazoevga suyanib qoganmiz. Boshqa gol uradigan yaqqol hujumchi yo'q. Menda yigitlarning o'yin payti oxirigacha kurashishlari borasida umuman etiroz bo'lmagan. Faqat qayerdadir o'xshayapti, qayerdadir yo'q. Bunaqasi futbolda bo'lib turadi. Futbolda baribir mahorat ko'p narsani hal qiladi.

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia