Sergey Lushchan: “Bugungi durang biz uchun g'alabaga teng”

31 okt 2018, 23:31
Superliganing 28-turidan o'rin olgan “Qizilqum”- “So'g'diyona” (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab jizzaxliklar ustozi Sergey LUSHCHAN o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Bugun qiyin o'yin o'tkazdik. Umuman bu yerda hech qachon oson bahs o'tkazmaganmiz. Jamoa tajribali va o'ziga xos o'yin uslubiga ega. Lekin bugun bizga mezbonlarning hujumlarini samarali bartaraf etish imkoni bo'ldi. Shu bilan birga ikki-uch vaziyatda ajoyib qarshi hujum tashkil etib, ulardan samarali foydalana olmadik. Har qanday holatdayam 2:2 hisobi biz uchun, safarda g'alaba degani. Agar qolgan bellashuvlarda ham bugungidek o'yin ko'rsata olsak, oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajara olamiz.

-Bugun bir qator yetakchi futbolchilaringiz zaxirada qoldirildi. Bu nima bilan bog'liq?

-Biz bugungi raqibdan kelib chiqib taktika tanlagandik. Ha, Rashidov zo'r futbolchi. Uydagi o'yinlarimizda u o'zini har tomonlama ko'rsata oladi. Ammo uning eng katta “minus”i himoyalanishda oqsaydi.  Bugun asosiy e'tiborni himoyaga qaratishimiz bois shunga mos futbolchilarni maydonga tushirdim. Davidas haqida ham shunday fikrlarni bildirishim mumkin. O'ylashimcha, yosh futbolchi Nurmatov bugun o'zini har tomonlama ko'rsata oldi va gol urdi.

-Bugun jamoaning yetakchi hujumchisi Shohruz Norxonov to'rtinchi sariq kartochkasini “ishlab oldi”. Demak keyingi turda u jamoaga yordam bera olmaydi...

-Demak keyingi turda usiz harakatlanishimizga to'g'ri keladi. Bizda almashtirib bo'lmaydigan futbolchining o'zi yo'q. U Messi emas, u Norxonov. Albatta ,uning yo'qligi judayam bilinadi. Shohruz hujum chizig'imizning asosiy figurasi. “Barselona”  Messisiz ham g'alabaga erishayapti (kulib). Biz ham albatta g'olib chiqishga harakat qilib ko'ramiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати