Sekeyra ketyaptimi? Murabbiy feysbukda post qoldirdi

Xayrulla Xoliqov
21 noya 2021, 14:01
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra feysbukdagi sahifasi orqali klubdan ketayotganiga shama qildi.

Xususan portugaliyalik mutaxassis shunday post qoldirdi: "Lokomotiv"ning o'z maydonidagi oxirgi o'yini!!! Men bu yerda yashab qalbimda bir umr qoladigan narsalarni ko'rdim. Qo'llab-quvvatlashgani uchun "Loko"ning barcha muxlislariga rahmat. Har doim xotiramda qolasizlar".



Bundan ko'rinib turibdiki, tez orada Mikael Sekeyra "Loko" bilan xayrlashadi. "Temiryo'lchilar" ushbu murabbiy qo'l ostida Superligada hozircha 25 o'yinda maydonga tushib, 10 bor g'alaba qozonishdi, shuningdek 6ta durang va 9 mag'lubiyat kuzatildi. Sekeyraning jamoadan rasman ketish-ketmasligi yaqin kunlarda oydinlashsa kerak.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia