

"Daily Mail" xabariga ko'ra, norvegiyalik mutaxassisning o'rniga asosiy nomzod sifatida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt ko'rilmoqda. U jamoa murabbiylik postini Evro-2020 yakunlagach qabul qilib olishi mumkin.
49 yoshli angliyalik mutaxassis MYUdagi yosh futbolchilar bilan yaxshi kirishib keta olishi taxmin qilinmoqda. Sautgeytning ishi klub vice-prezidenti Ed Vudvordga maqul tushgan.



