Saudiya Arabistoni terma jamoasi Italiya va Germaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2018, 16:44
Saudiya Arabistoni terma jamoasi Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati oldidan 6ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Saudiyaliklarning o'rtoqlik o'yinlaridagi raqiblari Iroq (27 fevral), Ukraina (23 mart), Belgiya (28 mart), Italiya (28 may), Peru (3 iyun) va Germaniya (8 iyun) bo'ladi.

"Biz jahon chempionatiga tayyormiz. Tayyorgarlik programmasi mundialda munosib ishtirok etish imkoniyatlarini oshiradi" - deydi jamoa bosh murabbiyi Xuan Antonio Picci.

Saudiya Arabistoni JCH-2018da "A" guruhidagi Rossiya, Misr va Urugvay terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Arabnews