Sarri: "Iguain haqida gapirmoqchi emasman, bizda 2,5 nafar hujumchi bor"

Aslanov Jasurbek
22 dek 2018, 11:42
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Milan" hujumchisi Gonsalo Iguain haqida fikr bildirdi.

Oldinroq, London klubi Alvaro Moratani Gonsalo Iguainga almashtirmoqchi ekanligini e'lon qilingan edi.

"U menga juda yoqadi. Iguain ajoyib futbolchi va yaxshi inson.

Ammo Gonsalo haqida gapirishni istamayman, chunki ayni damda bizda 2,5 nafar hujumchi bor, Iguain esa "Milan"da o'ynaydi. Shu sababli hozir u haqida gapirmaganim yaxshiroq" - deydi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com