Santi Mina o'z "uyi"ga qaytdi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 16:10
"Valensiya" hujumchisi Santi Mina faoliyatini "Selta"da davom ettiradigan bo'ldi.

Vigo jamoasi 23 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Mina aslida "Selta" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015 yil u ushbu klubdan "Valensiya"ga o'tgandi.

"Valensiya" "Selta" hujumchisi Maksi Gomes transferi tufayli Minadan voz kechdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: rrcelta.es