Sancho "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 sen 2023, 00:50
"Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sancho jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan urushib qolganligi sababli jamoani tark etishi mumkin.

"The Times" xabariga ko'ra, ten Xag futbolchisining xatti-harakatidan xafa bo'lgan. Chunki u o'tgan mavsumda Sanchoni qo'lidan kelganicha qo'llab-quvvatlagan. Biroq Jeydonning javobi klubdagilarga maqul kelmagan. U ushbu mavsumda jamoa tarkibida o'yinlarda qatnashmasligi mumkin.

2021 yilning yozida "qizil iblislar" Sancho uchun "Borussiya" Dga 85 mln evro to'lagandi. Biroq u MYU tarkibida unchalik sermahsul bo'lmadi va 82 o'yinda 12 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times