

Germaniya San-Marino ustidan 8:0 hisobida g'alaba qozonganidan so'ng Myuller bunday o'yinlar kerak emasligini aytgan, Rummenigge esa uni qo'llab-quvvatladi.
"Men solishtirmoqchi emasman. Bizning saviya ularniki bilan teng emas. Germaniya jahon chempionidir, ammo dunyoning xo'jayini emas.
San-Marinoning mehmondo'stligi butun dunyoga mashhur. Bunday tadbirlar o'tkazayotganimizda birinchi hayolga keladigan mehmondo'stlik. Jahon chempionlari bunday deyishga haqqi yo'q. Bu so'zlarni hazm qilib bo'lmaydi. Men Nemis futbol ittifoqidan rasman uzr so'rashni talab qilaman. Men o'zimni izohlardan tiyib turishim mumkin, ammo bu holatda jim turishning iloji yo'q" - deydi Lonfernini.


