Samarqandda Bolalar kuniga bag'ishlangan turnir yakunlandi

Aslanov Jasurbek
23 may 2015, 10:36
Kecha Samarqand viloyat futbol federatsiyasi Bolalarni himoya qilish xalqaro kuniga bag'ishlab, viloyat birinchiligi turnirini tashkil etdi.

Bu musobaqa 2003-2004 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida o'tkazildi. Jami 6ta jamoa ishtirok etgan musobaqada birinchi o'rinni Samarqand shahrining “OZTM” jamoasi egalladi. Ikkinchi va Uchinchi o'rinlarni Urgut tumanining “BO'SM” va Samarqand tumanining “Maroqand” jamoalari qo'lga kiritishdi.

Turnir so'ngida g'olib jamoalarga va turnirning eng yaxshi o'yinchilariga diplom va esdalik sovg'alar topshirildi.

1-o'rin: “OZTM” (Samarqand shahri)
2-o'rin: 
“BO'SM” (Urgut tumani)
3-o'rin: 
“Maroqand” (Samarqand tumani)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: samfutbol.uz